AsosiyJamiyat

"Vaksina xorijda, uni bizda kim tarqatishi hozirdan ma`lum bo`lsa kerak!"

'"Vaksina xorijda, uni bizda kim tarqatishi hozirdan ma`lum bo`lsa kerak!"'ning rasmi

Avval xabar berilganidek, so`nggi ikki kun davomida koronavirusga qarshi vaksina Rossiya va Buyuk Britaniyada omadli sinovdan o`tkazilgani ma`lum qilindi. Shuningdek, Xitoy o`z vaksinasi bo`yicha O`zbekiston bilan hamkorlik qilish taklifi bilan chiqqani ham xabar qilindi. Telegramning platforma.uz kanalida mazkur vaksinalarning O`zbekistonga olib kelinishi borasida munosabat va qarashlar bildirildi:

"O`tgan hafta Prezident videoselektorda zo`r bir gapni aytdi: “Vaksina qaerda topilishidan qat`i nazar, uni xalqimiz uchun, albatta, olib kelamiz!”. Bu odamlarimiz uchun hozircha yagona taskin. Buning uchun davlat rahbaridan minnatdor bo`lsa arziydi.  

Lekin jamiyatimizga xuddi chirmovuqday yopishib olgan, har qadamda xuddi qadrdonlarimizdek qarshi oladigan korrupsiya degan illat bor ekan, savollar ketidan savollar tug`ilaveradi.

Nasib etsa, hademay  shu la`nati virusga qarshi vaksina sotuvga ham  chiqariladi. Xo`sh, o`shanda uni yurtimizga kim olib kirib, kim tarqatadi?

Ayni nuqtada yana bir qaqshatqich monopolistik xurujga duch kelamizov, degan xavotir ham yo`q emas...  

Agar ungacha tutumlarimiz o`zgarib ketmasa va korrupsiya degan baloning butunlay boshiga etib qo`ymasak, vaksina jonivorni olib kirish va tarqatish huquqi qandaydir monopolist kompaniyaga lutfan tortiq etilsa kerak.  

Katta ehtimol bilan bu kompaniya hozirning o`zida allaqaysi xorij davlatida ro`yxatdan o`tkazilib, ustav jamg`armasiga 35 dollar atrofida choy chaqa tashlab qo`yilgan bo`lsa ham ajab emas. Buyog`ini endi kutamiz...." - deya taxmin qilinadi munosabatda. 

    Boshqa yangiliklar