AsosiyJamiyat

Sardobada hujjatsiz avtomashina boshqargan shaxs YTHga uchradi va halok bo`ldi

'Sardobada hujjatsiz avtomashina boshqargan shaxs YTHga uchradi va halok bo`ldi'ning rasmi

Sirdaryo viloyati IIB YHXB Axborot xizmati ma`lum qilishicha 2020 yil 24 iyul kuni soat 12:10 larda Sardoba tumani hududida ayanchli YTH sodir bo`lgan. 

Ya`ni 2002 yilda tug`ilgan fuqaro U.X. hech qanday tegishli xujjatlarsiz fuqaro R.N.ga tegishli Kaptiva rusumli avtomashinani Sardoba tumani Qo`rg`ontepa mahallasi hududidan o`tgan 4R-33 avtomobil yo`lining Nayman-Dashtobod yo`nalishi 29 km.da avtohalokat sodir etgan. Hodisa natijasida hujjatsiz haydovchi mashinani boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo`qotishi natijasida avtomashina ag`darilib, ag`anab ketgan.

YTH oqibatida haydovchi U. X. tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan Sardoba tumani IIB Tergov bo`linmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar