AsosiyJamiyat

Koronavirusga chalingan qashqadaryolik 35 yoshli ayol vafot etdi

'Koronavirusga chalingan qashqadaryolik 35 yoshli ayol vafot etdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabariga ko`ra bugun koronavirusga chalingan qashqadaryolik 35 yoshli bemor o`tkir nafas etishmovchiligidan vafot etgan.  

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashagan 35 yoshli U.Yu. (ayol)da 14 iyul kuni isitma, hansirash va havo etishmasligi kabi shikoyatlari dinamikada kuchayganligi sababli Qarshi shahar tug`uruq kompleksining ginekologiya bo`limiga og`ir ahvolda olib kelingan. Bemor infeksionist ko`rigidan so`ng “COVID-19”ga shubha qilinib, viloyat pulmonologiya va ftiziatriya markazi reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.  

Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir nafas etishmovchiligi asorati bilan kechgan.  

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar o`tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Ammo bemorning ahvoli keskin yomonlasha boshlagan va intubasiya qilingan, o`pka-yurak reanimasiyasi  o`tkazilgan.  

Mutaxassislar tomonidan to`liq hajmda, standart asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemor o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar