AsosiyJamiyat

+102. O`zbekistonning to`rt hududida koronavirusdan zararlanganlar aniqlandi

'+102. O`zbekistonning to`rt hududida koronavirusdan zararlanganlar aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 25 iyul soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 19 755 (+102) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda haqda SSV xabar qilmoqda.  

Yangi kasallanish holatlarining 48 nafari Toshkent shahrida, 32 nafari Samarqand viloyatida, 17 nafari Namangan viloyatida hamda 5 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 10 472 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 174 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar