AsosiyJamiyat

Koronavirusdan tuzalgan shaxslarga nimalar tavsiya etiladi?

'Koronavirusdan tuzalgan shaxslarga nimalar tavsiya etiladi?'ning rasmi

Ushbu savolga Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi boshlig`i, tibbiyot fanlari nomzodi, pediatr Sevara Ubaydullaeva javob qaytardi.

— Koronovirus kasalligidan tuzalganidan so`ng, kasalxonadan chiqqan bemorlar, ayniqsa keksalar organizmdagi kuzatilgan o`zgarishlarni tiklash maqsadida ma`lum muddat oilaviy/umumiy amaliyot shifokori nazoratida turishlari kerak. Shu bilan birga, imkoniyati cheklanganlar yoki surunkali kasalligi mavjud bemorlar, o`z shu kasalliklarini nazoratini olib borish maqsadida ham, dispanser nazoratida turishlari talab etiladi.  

️Kasallikni og`irroq kechirgan bemorlar maxsus reabilitasiyaga muhtoj bo`lib, ularda nafas tiklanishi, ya`ni saturasiya (hujayralarni kislorod bilan ta`minlanishshi ko`rsatkichini imkon qadar ko`tarish uchun) shifokor nazoratida sanator-kurort yoki fizioterapevtik davolarni olishlari kerak bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar