AsosiyJamiyat

Toshkent viloyati hokimligi xodimlarida koronavirus aniqlandimi? Hokimlik munosabat bildirdi

'Toshkent viloyati hokimligi xodimlarida koronavirus aniqlandimi? Hokimlik munosabat bildirdi'ning rasmi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hokimligi xodimlarida koronavirus infeksiyasi aniqlangani va hokimli binosi karantinga yopilishi haqida xabar tarqaldi.

Hokimlik axborot xizmati ushbu xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

"Bu xabarni inkor qilmagan holda ta`kidlaymizki, barchangizga ayon bo`lganidek, COVID-19 infeksiyasini yuqtirishdan hech kim istisno emas.

Toshkent viloyati hokimligi ikki haftadan beri masofadan ishlash tizimiga o`tgan. Hokimlik binosiga kiruvchi xodimlardan kunlik test olinmoqda.  

Toshkent viloyati hokimligida ishlovchi jami 4 nafar xodimda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ularda kasallik simptomsiz kechayotgani uchun uy sharoitida davolanishmoqda.  

Infeksiya aniqlangan xodimlar uy sharoitida, masofadan ishlayotgan hamkasblarimizdir. Shu bois, hokimlik binosi karantinga olinmaydi", deyiladi munosabatda. 

    Boshqa yangiliklar