AsosiyJamiyat

Avgust oyida yana bir necha shaharlardan o`zbekistonlik talabalar olib kelinadi

'Avgust oyida yana bir necha shaharlardan o`zbekistonlik talabalar olib kelinadi'ning rasmi

Respublika maxsus komissiyasi topshirig`iga binoan, joriy yil avgust oyining birinchi o`n kunligida Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Tomsk, Qozon, Rostov-Don, Kiev, Qohira shaharlaridan maxsus charter reyslari orqali o`zbekistonlik talabalarni olib kelish ishlarini tashkil etish masalasida xorjiy davlatlar aviasiya ma`muriyatlari bilan ishlar olib borilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar qiladi. 

"Koronavirus pandemiyasi tufayli xorjiy davlatlar o`rtasida transport qatnovlariga nisbatan qo`yilgan cheklov choralari sabab chet davlatlar oliy o`quv yurtlarida tahsil olayotgan o`zbekistonlik talabalarni Vatanga olib kelish va o`z oilalari bag`riga omon-eson etkazish bo`yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu kunga qadar Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Tomsk, Minsk,  Istanbul kabi shaharlardan talabalarimiz olib kelindi" deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar