Qoraqalpog`iston Respublikasi prokuraturasi xabar berishicha, joriy yilning 22 iyul kuni soat 21:40lar chamasida Qorao`zak tumani Ichki ishlar bo`limi boshlig`i R. M. o`ziga biriktirilgan boshqaruvidagi “Nexia-3” rusumli xizmat avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo`l chetida velosiped bilan harakatlanib borayotgan fuqaroni urib yuborgan.
Hodisa Qorao`zak tumani Berdax OFY hududidan o`tuvchi “Nukus-Chimboy-Taxtako`pir” yo`lida sodir bo`lgan. Jabrlanuvchi shu tumandagi S.Kamalov OFYda yashovchi 1997 yil tug`ilgan fuqaro N.A. bo`lib, u ushbu YTH natijasida olgan tan jarohatidan o`ziga kelmasdan vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.






