AsosiyJamiyat

Yakkabog`da fermerlarga chirigan kartoshka tarqatgan MChJ rahbariga jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Yakkabog`da fermerlarga chirigan kartoshka tarqatgan MChJ rahbariga jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Avvalroq Qashqadaryo viloyatining Yakkabog` tumanida fermerlarga chirigan kartoshka urug`i tarqatilganligi haqida xabarlar tarqalgan edi. 

"Kun.uz" nashri yozishicha, fermerlarga takroriy ekin uchun «Agrobank»ning yillik 24 foizlik krediti asosida, har gektariga 3 tonna hisobida tarqatilayotgan bu urug`ning 70 foizi yaroqsiz hamda Yakkabog`, Kitob, Shahrisabzdagi fermerlar Qarshi shahridagi «Egoist AST» MChJ bilan shartnoma imzolashga majburlangan. Fermerlar esa bu holatga e`tiroz bildirishgan.  

Bugun Bosh prokuratura axborot xizmat rahbari Hayot Shamsuddinov ma`lum qilishicha,  mazkur holat yuzasidan tekshiruv o`tkazilgan va “EGOIST AST” MChJ rahbariga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar