Bir qator hududiy adliya organlari tomonidan pandemiya sharoitida tibbiyot xodimlariga belgilangan ustama va qo`shimcha to`lovlar to`lab berilayotganligi nazoratga olinib, monitoring olib borildi.
Monitoring natijalariga ko`ra, bugungi kunda jami 9 mlrd 9 mln so`mdan ortiq mablag` tibbiyot xodimlariga to`lab berilmagani aniqlandi.
Xususan,
- Qashqadaryo viloyatida 1 315 nafar xodimlarga 6,8 mlrd so`m (shundan 5,3 mlrd so`m to`lab berildi);
- Samarqand viloyatida 694 nafar xodimlarga 838,7 mln so`m (shundan 426,5 mln so`m to`lab berildi):
- Sirdaryo viloyatida 741,2 mln so`m (shundan 633 mln so`m to`lab berildi).
Hududiy adliya boshqarmalari tomonidan to`lanmagan to`lovlar undirib berilgan. Jumladan, Farg`ona viloyatida 211 nafar xodimlarga 163 mln so`m, Jizzax viloyatida 27 nafar xodimga 36 mln so`m, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasida 5 nafar xodimga 7,1 mln so`m to`liq undirilgan.
Ma`lumotga ko`ra, Buxoro viloyatida 317 nafar xodimlarga 353,5 mln so`m va Toshkent viloyatida 23 mln so`m (xodimlar soni keltirilmagan) to`lanmagan.






