Vladivostok-Samarqand-Toshkent yo`nalishidagi Boing-767 rusumli samolyot bugun, 25 iyul kuni Samarqand xalqaro aeroportiga qo`ndi.
"Yangi O`zbekiston" nashri xabariga ko`ra, ushbu charter reys orqali 173 nafar yurtdoshlarimiz olib kelindi.
Maxsus komissiya belgilagan tartib-qoidalarga asosan, barcha fuqarolar avtobuslarda, vakillar kuzatuvida Samarqand shahri, Kimyogarlar shaharchasida yangi qurilgan karantin hududiga olib ketildi.






