AsosiyJamiyat

Musa Erniyazovning o`limi haqidagi xabarlar rad etildi

'Musa Erniyazovning o`limi haqidagi xabarlar rad etildi'ning rasmi

Bugun, 25 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi Musa Erniyazovning vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.  

Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanaevning ma`lum qilishicha, bu xabar asosga ega emas. 

"Bu xabar haqiqatga mutlaqo zid. Musa Tajetdinovich hayot va ayni paytda davolanmoqda. Etakchi mutaxassislar u kishining sog`ligi tiklanishi uchun kurashishyapti, uzluksiz konsiliumlar o`tkazilyapti. Asossiz xabar tarqatishning javobgarligi borligini unutmaslik lozim", deydi Furqat Sanaev. 

Avvalroq, ya`ni 18 iyul kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi raisi Musa Erniyazov hamda Surxondaryo viloyati hokimi To`ra Bobolov koronavirusga chalingani hamda ular davolanayotgani haqida xabar berilgandi. 

    Boshqa yangiliklar