AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusdan sog`ayganlar ko`rsatkichi bo`yicha rekord qayd etildi

'O`zbekistonda koronavirusdan sog`ayganlar ko`rsatkichi bo`yicha rekord qayd etildi'ning rasmi

2020 yil 25 iyul soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 19 952  nafarni tashkil etmoqda, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holatlari 197 nafarga ortgan.  Ularning 169 nafari Toshkent shahrida, 20 nafari Namangan viloyatida hamda 8 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

25 iyul kuni Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 124 nafar, Toshkent viloyatida 146 nafar, Sirdaryo viloyatida 40 nafar, Jizzax viloyatida 21 nafar, Samarqand viloyatida 16 nafar hamda Buxoro viloyatida 12 nafar, jami 359 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 10 831 (+359) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog`aydi.

Hozirda mamlakatimizda 9 010 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar