AsosiyJamiyat

Bugungi statistikaga ko`ra 274 holatda kasallik qayd etildi, 57 yoshli buxorolik bemor vafot etdi

'Bugungi statistikaga ko`ra 274 holatda kasallik qayd etildi, 57 yoshli buxorolik bemor vafot etdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotiga kshra 2020 yil 26 iyul soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 20226 (+274) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 136 nafari Toshkent viloyatida, 90 nafari Toshkent shahrida, 29 nafar Sirdaryo viloyatida, 16 nafari Andijon viloyatida hamda 3 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 10831 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9283 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 133 nafari og`ir, 63 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.  

Shuningdek bugun ertalab SSV koronavirusga chalingan buxorolik 57 yoshli erkak bemorning o`tkir respirator distress sindromi va nafas etishmovchiligidan vafot etganini ma`lum qildi.  

Xabarda aytilishicha Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashagan 57 yoshli Z.E.da (erkak) joriy yil 3 iyul kuni “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangan va viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.  

Unga “COVID-19” infeksiyasi o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir nafas etishmovchiligi, o`pka arteriyalari tromboemboliyasi asorati bilan kechgan.  

Shuningdek, parkinsonizm kasalligi bilan ham og`rigan. Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.  

Biroq shifokorlar tomonidan o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir respirator distress sindromi va o`tkir nafas etishmovchiligidan vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar