Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sardoba tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.J., Sardoba tuman 21-sonli maktabga evakuasiya qilingan aholi uchun zarur nooziq-ovqat mahsulotlarini olib kelish maqsadida, Sardoba tuman Qizil yarim oy jamiyati rahbari nomidan sohta hujjatlar tayyorlagani aniqlangan.
Shu yo`l bilan u 53 mln so`mlik mahsulotlarni maxsus ombordan olib chiqib, noma`lum shaxslarga sotib yuborgan.
Bosh prokuratura Matbuot xizmatining bizga bergan ma`lumotiga ko`ra, mazkur holat yuzasidan huquqshunos-maslahatchisi Z.Ya.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






