AsosiyJamiyat

Ertadan Qashqadaryoda yo`nalishsiz taksilar faoliyati to`liq to`xtatilishi mumkin

'Ertadan Qashqadaryoda yo`nalishsiz taksilar faoliyati to`liq to`xtatilishi mumkin'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasining viloyat maxsus komissiyasiga karantin davrida ham taksilar o`z faoliyatini talab darajasida olib bormayotgani bo`yicha kiritgan ma`lumotidan kelib chiqqan holda, ertadan yo`nalishsiz taksilar faoliyati viloyat bo`yicha to`liq to`xtatilishi yoki harakati qisqartirilishi mumkin.  

Shu maqsadda bugun viloyat maxsus komissiyasi a`zolarining navbatdagi yig`ilishini o`tkazish rejalashtirilmoqda. Yig`ilish "ZOOM" dasturi orqali onlayn o`tkaziladi.  

Ma`lumot o`rnida, bugun Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi boshlig`i Sherzod NORBOBOEV mahalliy telekanal orqali murojaat bilan chiqadi. 

    Boshqa yangiliklar