AsosiyJamiyat

Abiturient test boshlangan vaqtda karantinda COVID-19 ga davolanayotgan bo`lsa, imtihonlarni qanday topshiradi?

'Abiturient test boshlangan vaqtda karantinda COVID-19 ga davolanayotgan bo`lsa, imtihonlarni qanday topshiradi?'ning rasmi

Agar oliy o`quv yurtiga hujjat topshirgan abiturient test imtihonlari boshlangan vaqtda karantinda COVID-19 ga davolanayotgan bo`lsa, unda imtihonlarni qanday topshiradi yoki imtihonlardan chetlashtiriladimi?  

Karantin rejimi vaqtida fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan kelib tushayotgan savol va murojaatlarlarga Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi axborot xizmati javobi:

"Bunday sabab bilan test sinoviga kela olmagan abiturientlar uchun Davlat komissiyasi tomonidan alohida kun belgilanishi mumkin. Bu borada hozir aniq javob berib bo`lmaydi. Bu Davlat komissiyasining qaroriga bog`liq.  

 Shu bilan birga, eslatib o`tamizki, Davlat komissiyasining 2020 yil 19 iyundagi yig`ili 1-son bayoni 29-bandiga ko`ra, hudud va binoga kirishda tana harorati ko`tarilganligi sababli kiritilmagan abiturientlar uchun test sinovlari jarayonlari to`liq yakunlangandan so`ng, to`rtinchi kuni test sinovi o`tkaziladi."

    Boshqa yangiliklar