AsosiyJamiyat

Avgustda Rossiya, Kiev va Qohira shaharlarida tahsil olayotgan o`zbekistonlik talabalar Vatanga olib kelinadi

'Avgustda Rossiya, Kiev va Qohira shaharlarida tahsil olayotgan o`zbekistonlik talabalar Vatanga olib kelinadi'ning rasmi

Koronavirus pandemiyasi tufayli xorjiy davlatlar o`rtasida transport qatnovlariga nisbatan qo`yilgan cheklov choralari sabab chet davlatlar oliy o`quv yurtlarida tahsil olayotgan o`zbekistonlik talabalarni Vatanga olib kelish va o`z oilalari bag`riga omon-eson etkazish bo`yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

O`zbekiston Transport vazirligi Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, shu kunga qadar Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Tomsk, Minsk,  Istanbul kabi shaharlardan talabalar olib kelindi.  

 Respublika maxsus komissiyasi topshirig`iga binoan avgust oyining birinchi dekadasida Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Tomsk, Qozon, Rostov-Don, Kiev, Qohira shaharlaridan maxsus charter reyslari orqali o`zbekistonlik talabalarni olib kelish ishlarini tashkil etish masalasida xorjiy davlatlar aviasiya ma`muriyatlari bilan ishlar olib borilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar