Respublika Maxsus komissiyasining yangi tartibiga muvofiq, O`zbekistonda joriy etilgan karantin cheklovlari joriy yilning 15 avgustiga qadar uzaytirildi.
Unga ko`ra fuqarolarga quyidagilar taqiqilandi:
- to`y, oilaviy marosimlar va boshqa tadbirlarni o`tkazmaslik;
- jamoat joylarida, ko`cha, maydon va mahallalarda uch kishidan ortiq to`planmaslik, qat`iy ijtimoiy masofani saqlash (2 metr), tibbiy niqoblar va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;
- yoshi katta va muayyan turdagi kasalligi (qandli diabet, metobolik sindromlari, autoimun kasalliklari, qon, yurak, tomir kasalliklari, onkologik kasalliklar va b.) mavjud fuqarolarga koronavirus kasalligi kuchli ta`sir ko`rsatishini inobatga olib, 65 yoshdan oshgan fuqarolarni “o`zini o`zi yakkalash” hayot tarziga qat`iy rioya etish hamda sababsiz uydan tashqariga chiqmaslik tavsiya etildi.






