AsosiyJamiyat

Koronavirus aniqlangan jizzaxlik 64 yoshli bemor kasallik asoratlaridan vafot etdi

'Koronavirus aniqlangan jizzaxlik 64 yoshli bemor kasallik asoratlaridan vafot etdi'ning rasmi

Jizzax viloyati Baxmal tumanida yashagan 64 yoshli B.Sh. (erkak)da “COVID-19” tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Shifoxonada unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Kasallik o`tkir nafas etishmovchiligi, poliorgan etishmovchilik asorati bilan kechgan.

Shuningdek bemorda yurak ishemik kasalligi, zo`riqish stenokardiyasi, gipertoniya, qandli diabet, semizlikning 3-darajasi kabi hamroh kasalliklar ham bo`lgan.

Bemorning ahvoli keskin og`irlashgan va yurak-qon tomir etishmovchiligi, saturasiya ko`rsatkichi pasayib borishi, nafas olishining qiyinlashuvi bo`yicha mutaxassislar tomonidan o`tkazilgan reanimasion choralarga qaramay o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan – SSV.

    Boshqa yangiliklar