Avval xabar berilganidek, Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan karantin cheklovlari 15 avgustga qadar uzaytirildi. Respublikada avtomobillarga ma`lum muddat oralig`ida harakatlanishiga ruxsat berilmoqda.
Qarshi shahida ham avtotransport vositalari ertalab 07.00 dan – 10.00 gacha va kech soat 17.00 dan – 20.00 gacha tegishli hudud doirasida harakatlanishiga ruxsat beriladimi, degan savolga Qashqadaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati rahbari aniqlik kiritdi.
"Qarshi shahrida avtotransport vositalari harakati butunlay to`xtatiladi. Ya`ni, ertalab 07.00 dan – 10.00 gacha va kech soat 17.00 dan – 20.00 gacha hamda boshqa vaqtlarda ham harakatlana olmaydi.
Faqatgina fuqarolarning salomatligi yomonlashganligi, homiladorligi munosabati bilan shifokor ko`rigidan o`tish uchun davolash muassasasiga yoxud zarur dori-darmon xarid qilish maqsadida dorixonaga borish-kelish, qishloq xo`jalik mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berish, tashish bilan shug`ullanuvchilar, quruvchi tashkilotlar va tadbirkorlik sub`ektlariga tegishli jihoz, xom-ashyo materiallarini tashishga mo`ljallangan avtomashinalari bundan mustasno.
Viloyatning Shahrisabz shahri va boshqa tumanlarida avtotransport vositalari ertalab 07.00 dan – 10.00 gacha va kech soat 17.00 dan – 20.00 gacha tegishli hudud doirasida harakatlanishi mumkin", - deya izohlagan Ahror Sodiqov






