AsosiyJamiyat

«O`zbekoziqovqatxolding» tugatiladi

'«O`zbekoziqovqatxolding» tugatiladi'ning rasmi

«Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi Prezident qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Loyihaga ko`ra, Qishloq xo`jaligi vazirligi tuzilmasida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 31 birlikdan iborat Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish departamenti tashkil etiladi.

Qishloq xo`jaligi vazirligi markaziy apparatining tuzilmasida Qishloq xo`jaligi vazirining o`rinbosari – Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish departamenti rahbari lavozimi joriy qilinadi.

Qishloq xo`jaligi vazirining o`rinbosari – Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish departamenti rahbari quyidagilar uchun mas`ul etib belgilanadi:

oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va sohada qo`shilgan qiymat zanjirini yaratish;

oziq-ovqat sanoati korxonalarini qiynayotgan muammolarni doimiy tahlil qilib borish va ularni hal qilish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etish;

Tashqi ishlar vazirligi hamda Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan xomashyo materiallarini import qilishdagi to`siqlarni bartaraf etish bo`yicha Hukumatlararo komissiyaga takliflar tayyorlash.

Hujjat bilan “O`zbekoziqovqatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tugatilishi nazarda tutilmoqda. 

“O`zbekoziqovqatxolding” aksiyadorlik jamiyati Oziq-ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizasiyalash jamg`armasining tugatish yakunlariga ko`ra qoldiq mablag`larini Jamg`armaga o`tkazish to`g`risidagi takliflariga rozilik beriladi.

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zamonaviy savdo-logistika markazlari, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash bo`yicha muzlatish quvvatlarini tashkil etish uchun Hukumatning kafolati bilan jalb etilgan xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar oldidagi tugatilayotgan “O`zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasining qarz mablag`larini grafik bo`yicha to`lab borilishini ta`minlaydi.

“O`zbekoziqovqatxolding” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning ustav jamg`armalaridagi davlat aksiya (ulush)lari balans qiymati bo`yicha bepul O`zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o`tkaziladi.

Bunda, “O`zagroeksportbank” ATB va “Agrobank” ATB ustav kapitallaridagi “O`zbekoziqovqatxolding” aksiyadorlik jamiyati ulushi O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga o`tkaziladi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Qishloq xo`jaligi vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning kadrlarga bo`lgan ehtiyojlari asosida 2021/2022 o`quv yilidan boshlab respublika oliy ta`lim muassasalarining “5321000-Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo`yicha)” hamda “5410500-Qishloq xo`jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo`yicha)” ta`lim yo`nalishlari bo`yicha bakalavriatning kunduzgi va sirtqi ta`lim shakllariga o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini bosqichma-bosqich oshirib borish choralarini ko`radi.


 

    Boshqa yangiliklar