AsosiyJamiyat

DXA Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig`ining o`limiga koronavirus sabab bo`lmagani aytildi

'DXA Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig`ining o`limiga koronavirus sabab bo`lmagani aytildi'ning rasmi

«Zafarjon Akramov haqida faqat iliq fikrlar qoldi. Ko`p yillar malakali huquqshunos sifatida xalq xizmatida bo`lgan, prokuratura idoralarida faoliyat yuritgan Zafarjon Akramov 2018 yilning mart oyidan Davlat xizmatlari agentligi sohasiga kirib keldi.

Davlat xizmatlari agentligi jamoasi agentlikning Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig`i Zafarjon Akramov Chori o`g`lining bevaqt vafoti munosabati bilan uning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi», – deyilgan agentlik ta`ziyasida.

DXA hududiy boshqarma boshlig`ining o`limiga nima sabab bo`lganini ma`lum qilmagandi. «Kun.uz» marhumning 38 yosh ekani va 2 nafar farzandning otasi ekani haqida yozgan.

    Boshqa yangiliklar