AsosiyJamiyat

Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirishda qaysi viloyat etakchi?

'Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirishda qaysi viloyat etakchi?'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, o`rmon va baliq xo`jaliklari mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 97,2 trillion so`mni tashkil etgan.

2020 yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, o`rmon va baliq xo`jaliklari bo`yicha mahsulotlar etishtirishda qaysi hududlar etakchilik qildi?

  • Qashqadaryoda eng ko`p donli ekinlar etishtirilgan (619,2 ming tonna mahsulot).
  • Andijonda eng ko`p sabzavotlar etishtirilgan (544,3 ming tonna).
  •  Samarqandda eng ko`p kartoshka etishtirilgan (285,4 ming tonna).
  • Surxondaryoda eng ko`p poliz ekinlari etishtirilgan (54,9 ming tonna).
  • Andijonda eng ko`p meva va rezavorlar etishtirilgan (233,4 ming tonna).
  •  Surxondaryoda eng ko`p uzum etishtirilgan (12,6 tonna).
  •  Toshkent viloyatida eng ko`p go`sht (tirik vaznda) etishtirilgan (141,7 ming tonna).
  • Samarqandda eng ko`p – 615,7 ming tonna sut olingan.
  •  Toshkent viloyatida eng ko`p – 635,5 million dona tuxum olingan.
  •  Xorazmda eng ko`p – 5607 tonna baliq ovlangan.
  • Qashqadaryoda 1562,8 ming bosh yirik shoxli qoramol bor.
  • Qashqadaryoda 4589 ming bosh qo`y va echkilar bor.
  • Toshkent viloyatida eng ko`p – 50253 bosh otlar bor.

    Boshqa yangiliklar