AsosiyJamiyat

Dori sotib olish uchun to`langan 5 200 000 so`m iste`molchiga qaytarildi

'Dori sotib olish uchun to`langan 5 200 000 so`m iste`molchiga qaytarildi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Hilol MFY, O`rikzor ko`chasida yashovchi fuqaro Sulton Avliyoqulovning O`zbekiston Respublikasi Prezidenti “ishonch telefoni” orqali qilgan murojaati Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining Qarshi shahar ijro etuvchi apparati tomonidan o`rganildi. Bu haqda Federasiyasi Matbuot xizmati "Darakchi"ga ma`lum qilmoqda. 

Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro S. Avliyoqulovning farzandi Og`abek Sultonov 2018 yildan buyon oplastik anemiya xastaligining eng og`ir shakli bilan og`riydi. Uning davolanishi uchun Shveysariya davlatida ishlab chiqariladigan “Neoral” dori vositasi  juda muhim. Shu sababli S.Avliyoqulov joriy yilning may-iyun oylarida ushbu preparatni sotib olish uchun Qarshi shahrida joylashgan “Mubina Pharm” kompaniyasiga 5 million 200 ming so`m mablag`ni oldindan to`lagan. Biroq oradan bir oydan ortiq vaqt o`tishiga qaramasdan kompaniya tomonidan dori vositasi iste`molchiga etkazib berilmagan.

Murojaatni o`rganish jarayonida, “Mubina Pharm” kompaniyasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi “Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi Qonunining tegishli bandlari talablari buzilganligi aniqlandi va iste`molchining xohishiga  ko`ra dori vositasini sotib olish uchun to`langan mablag` S.Avliyoqulovga qaytarilishi ta`minlandi.

 

    Boshqa yangiliklar