Nega internet tarmoqlarida tibbiyot xodimlari koronavirus tashxisi, davolash va profilaktikasi bo`yicha bir-biriga umuman qarama-qarshi fikrlarni yozishayapdi. SSV rahbarligida hamma shifokorlar yagona bir to`xtamga kelib olib, bir xil tavsiyalar bersa bo`lmaydimi. Ularga quloq solgan aholining ham boshi qotib qolgan, kimga ishonishini bilishmaydi?
" - Ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Sanitariya - epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi:
Bir soha vakillarining har-xil fikrda bo`lishlari tabiiy hol, u o`z yo`lida bahs-munozaralarga sabab bo`lib, natijada haqiqat qaror topadi.
Kuzatib borayapman ba`zi tibbiyot xodimlari qaysidir toifadagi (kategoriya) bemorlarga nimalarnidir tavsiya etsa, darhol ikkinchi bir shifokor paydo bo`lib, ushbu tavsiyalarning noto`g`ri ekanligini, foyda bermasligini, hatto zarari borligini yozmoqda.
Nazarimda tibbiyot xodimlari bir - birini to`ldirishni, qo`shimcha tavsiyalar berishni, lozim bo`lsa qaysidir shifokor nimanidir bilib-bilmay noto`g`ri tavsiya qilgan bo`lsa, kishibilmas ushbu vaziyatdan shifokorni va uning tavsiyalariga ishongan fuqaroni olib chiqib ketishni o`rganishlari kerak."






