AsosiyJamiyat

Koronavirusning alomatlari bor-u, test natijasi manfiy chiqqan bemorni poliklinika davolashdan bosh tortishi to`g`rimi?

'Koronavirusning alomatlari bor-u, test natijasi manfiy chiqqan bemorni poliklinika davolashdan bosh tortishi to`g`rimi?'ning rasmi

2 marta koronavirusga test topshirdim, ikkalasida xam test natijasi manfiy chikdi, lekin o`zimni juda yomon xis kilayapman shu bilan bir katorda o`zima koronavirusni hamma simptomlarini kuzatayapman. Poliklinikaga murojaat qilganimda sizning test natijalaringiz manfiy deb meni davolashdan bosh tortishayapti, bunday xolatda men qanday yo`l tutay?  

Ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Sanitariya - epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi:

Hozirgi kunda shifoxonaga yotish uchun koronavirusning laboratoriya usulida tasdiqlangan bo`lishi shart emas.

Poliklinikalarda tashkil etilgan mobil guruhlar tomonidan o`tkazilgan tibbiy ko`rik paytida kasallik alomatlari kuzatilayotgan bo`lsa va epidemiologik ko`rsatma bo`lsa, u holda shifoxonaga yotishingiz uchun asos bo`la oladi.

    Boshqa yangiliklar