AsosiyJamiyat

Farg`onada “Nexia” va “Tico” to`qnashishi oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi

'Farg`onada “Nexia” va “Tico” to`qnashishi oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi'ning rasmi

2020 yil 24 iyul kuni fuqaro Sh.T. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasini "Vaziyo" MFY hududida boshqarib ketayotib,  qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan B.J. boshqaruvidagi “Tico” rusumli avtomashinasi bilan to`qnashuv sodir qildi.  

Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, YTH oqibatida “Tico” haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Farg`ona tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar