Hindiston Tibbiyot fanlari instituti, Dehlidagi etakchi o`quv shifoxonasi, odamlarga koronavirus vaksinasining birinchi sinov dozasini yuborganini aytdi.
Kovaksin vaksinasi dunyo bo`ylab odamlarda sinovdan o`tkazilayotgan yigirmata vaksinadan biridir.
Ta`kidlash joizki, aholisi soni bo`yicha dunyoning ikkinchi mamlakatida bir kunda koronavirus infeksiyasining deyarli 50 ming yangi holati qayd etilgan.
Hozirgi vaqtda Hindistonda SOVID-19 virusini yuqtirganlarning umumiy soni 1,4 mln kishidan oshdi, vafot etganlar soni 32 771 ni tashkil etadi, shu jumladan yakshanba kuni 705 kishi vafot etgan.






