SSV Toshkentda yana bir homilador ayol koronavirusdan vafot etganini xabar qildi.
Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashagan 34 yoshli Sh.M. (ayol) joriy yil 16-21 iyul kunlari shahar 9-son tug`ruq kompleksida “27 haftalik 6-homiladorlik, 5-tug`ruq, ikki tomonlama pnevmoniya, kamqonlik, nafas etishmovchiligi” tashxisi bilan davolangan.
Bemorda “COVID-19” tasdiqlangach, shahar 3-son tug`ruq kompleksiga o`tkazilgan. Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.






