Qarshi shahar harbiy sudining 28.01.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan S.To`ychievga O`zbekiston Respublikasi JKning 185-1-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 60 baravari 13.380.000 so`m jarima jazosi tayinlandi.
S.To`ychievning yashash manzili bo`yicha ijro varaqa 18.06.2020 yilda Majburiy ijro byurosi Farg`ona shahar bo`limi ish yuriuviga kelib tushgan bo`lib, ijro ishi yurituvi qo`zg`atilgan.
Karantinli vaziyat sababli ijro hujjati bo`yicha qarzdor S.To`ychiev Majburiy ijro byurosi Farg`ona shahar bo`limiga taklif etilmasdan, ijro hujjatida belgilangan jinoiy jarimani onlayn maxsus xizmatlar orqali to`lashi, ijro hujjatini ijrosini o`z vaqtida ta`minlamaganlikning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.
MIBning Darakchiga ma`lum qilishicha, 21.07.2020 yilda qarzdor S.To`ychiev tomonidan 13 mln. 380 ming so`m jinoiy jarima summasi elektron tarzda to`lab berildi va shu tarzda ijro hujjati qonunda belgilangan muddatda tamomlanishi ta`minlandi.






