Men Qozog`istonda ishlardim, pandemiya sabab o`z ish joyimga qaytolmayapman. Hozirda Qozog`iston yoki Rossiyaga ishlash uchun ketishning iloji bormi?
Ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Tashqi mehnat mirgasiyasi agentligi axborot xizmati rahbari Ortiqxo`ja Norov quyidagicha javob berdi:
➖ Koronavirus pandemiyasi sababli dunyoning ko`plab mamlakatlarida joriy qilingan karantin natijasida ishsizlik darajasi ortib bormoqda. Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan ushbu sharoitida xorijdagi mehnat migrantlarini qo`llab-quvvatlash choralari ko`rilmoqda.
Bugungi kunda xorijda ishsiz qolgan fuqarolarni o`sha davlatning pandemiyadan nisbatan kam zarar ko`rayotgan boshqa sohalariga ishga jalb qilish, xorijga keta olmagan migrantlarga yordam berish va ularga turli kasb va chet tillarini o`rgatishga jalb qilish uchun maxsus sayt ishga tushirilgan.
️ Rossiya Federasiyasi va Qozog`iston Respublikasining qator ish beruvchilari bilan O`zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish bo`yicha kelishuvlarga erishilgan.






