Poliklinikadan berilgan dorilar orasida Vitamin S, «Azitromisin» va xitoycha yozuvli qutida «Plakvenil» berishdi. «Plakvenil» dorisi atrofida shuncha gap-so`zlar bo`lyapti, nega poliklinikalar haligacha uni tavsiya qilishyapti va bemorlarga berishyapti?
Ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Habibulla Oqilov quyidagicha javob berdi:
" - Dori vositasi borki, uning atrofida gap-so`zlar bo`laveradi. Lekin O`zbekistonning o`zining tajribasi bor. Biz 12 mingga yaqin koronavirusga chalingan bemorlarni ayni shu dori vositasi yordamida tuzatib yubordik.
Biz tizimli ravishda chet ellik hamkasabalarimiz bilan maslahatlashib,tajriba almashinib turibmitz. AQSh, Braziliya, Hindiston davlatlarida davolash protokolllarida «Plakvenil» saqlanib turibdi. O`tgan hafta bir guruh turkiyalik olimlar O`zbekistonga tashrif buyurishdi. So`ralganda, ular ham Turkiyada ambulator sharoitida ham, stasionarda ham «Plakvenil» davolash standartlarida bor ekanini qayd etishdi.
Kuni kecha Rossiya sog`liqni saqlash vazirligi va Sechenov nomli tibbiyot universiteteti professorlari bilan o`tkazilgan videokonferensiyada ham muhokama qilingan savollargning bittasi aynan «Plakvenil» qo`llanishiga bag`ishlangan edi. Rossiyalik olimlar koronavirus kasalligining dastlab kunlarida qisqa kurs bilan «Plakvenil» berish maqsadga muvofiq deb aytishdi.
Eslatib o`tamiz, "Tez yordam" dasturida tibbiyot fanlari nomzodi, O`zbekiston Respublikasi innovasion sog`liqni saqlash Milliy palatasi tibbiy standart va protokollarni ishlab chiqarish bo`limi boshlig`i Yodgorova Klara Tohirovna bilan suhbatda «Plakvenil» Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti va boshqa ko`plab davlatlar tomonidan zararli deb topilgani haqida gap ketgandi.






