AsosiyJamiyat

Karantinda bolalardagi stress holatlar va ularni engish uchun ota-onalarga psixologdan tavsiyalar

'Karantinda bolalardagi stress holatlar va ularni engish uchun ota-onalarga psixologdan tavsiyalar'ning rasmi

Ota-onalar o`zlarining farzandlari uyda bo`lganliklari sababli ularda yuzaga keladigan qiyin vaziyatlar, stress holatlarini engib o`tishlariga o`rgatishlari lozim. 

Buning uchun ota-onalar quyidagi qoidalarga amal qilishlari maqsadga muvofiq: 

Oilangizda qulay, sog`lom va do`stona muhitni yarating va uni saqlab qolishga harakat qiling. Shunga e`tibor qiling, qiyin vaziyatlarda vahima ko`tarishni xojati yo`q, esingizda bo`lsin “qora chiziq har doim oq bilan almashtiriladi”. Oila a`zolarining bir-biriga bo`lgan samimiy munosabati, xotirjamligi bolada ishonchli vaziyatni barqarorlashtirishda yordam berishi mumkin. 

Farzandingiz bilan muloqot qilishda undagi his-tuyg`u, emosiya, xavotirlanish holatlari haqida suhbatlashishga e`tibor qarating. Farzandingiz bilan yaqin  va uzoq kelajakni muhokama qiling. Farzandingizni majburlamagan holda kelajak istiqbollarini yaratishga harakat qiling. O`zingizdagi tajriba, fikrlaringizni real hayotdagi voqealarni aytib berish, o`zingiz va do`stlaringiz qiyin hayotiy vaziyatlarini qanday engib o`tganliklari bilan o`rtoqlashing. Farzandingiz bilan o`tkazilgan bunday samimiy  suhbat ularda o`z kuchlariga  bo`lgan ishonchni mustahkamlaydi. Farzandingizga hozir qanchalik qiyin ekanligini tushunishingiz kerak (agarda u maktabdagi to`garaklarga bora olmasligidan xavotirda bo`lsa). Ota-onalar tomonidan farzandlarini doimiy ravishda qo`llab-quvvatlashlari, hamdardlik bilan munosabat bo`lishlari ularda kechadigan  stresslarni engib o`tishlarida asosiy omil bo`ladi. 

Farzandingizdagi his-tuyg`ularini ijtimoiy jihatdan mos ko`rinishda ifodalashga o`rgating. Ko`pincha bolalar o`zlaridagi xavotirlanish holati haqida ota-onalari va tengdoshlariga gapirishlari qiyin kechadi. Shuning uchun farzandingizni sizga aytmoqchi bo`lgan o`zlaridagi xavotirlarni daftarga yozishni taklif qiling. Farrzandingiz o`zidagi salbiy his-tuyg`ularini qog`ozga yozish orqali o`zidagi salbiy fikrlardan xalos bo`lib, birozgina  engillashadi. 

Farzandingizni jismonan faaol bo`lishga undang. Stress bu hamma vaqtda organizmning jismoniy reaksiyasi sanaladi. Shuning uchun farzandingizdagi stressli holatlarni engishda har qanday jismoniy kuch talab qiladigan faoliyatlar uyni tozalash, jismoniy mashqlar, qo`shiqlar, raqslar va boshqalar yordam beradi. Bolangizni o`zi hoxlamagan va qiziqmagan narsalarga kuch sarflashiga majburlamaslikka harakat qiling. Uni uyda qolishi uchun o`zi hoxlayotgan har qanday faol mashg`ulotni aniqlang va birgalikda baajaring. 

Bolangizdagi ijodiy qo`l mehnatinni qo`llab-quvvatlang va rag`batlantiring. Agar sizga farzandingiz “kattalik davridan bolalikka qaytsa” ya`ni, u hech qanday foydali ishni amalga oshirmasa (rasm chizish, qog`ozlardan narsalar yasash, kiyim-kechaklarni bezatish, elim modellar) bularning barchasi xobbidir. Farzandingiz xayolparastligi orqali o`zidagi salbiy hislar va kundalik muammolardan chalg`iydi hamda tinchlanishiga yordam beradi. 

Bolangizni boshqa insonlarga nisbatan g`amxo`r bo`lishiga undang (katta inson vakillariga, o`zidan kichik bolalarga, uy hayvonlariga).  “Mening harakattlarim atrofdagilarga bog`liq”, “ular mensiz  bu muammolarni hal qila olmaydilar”, “men doimo kimgadir kerakman” kabi yoqimli burchlar farzandingizdagi stress holatini engib o`tishdagi qo`shimcha  manbaalar bo`lishi mumkin. 

Oilaviy urf-odatlar va marosimlarni saqlab qolishga harakat qiling. Oilaviy an`analar oilaning barcha vakillari tomonidan foydali va qiziqarli bo`lganligi uchun muuhim. Boshqacha qilib aytganda oilaviy marosimlarda bolalarni qatnashishi, ularda qoniqish hissini his qilishlari muqarrar. Shu bois, oilaviy tadbirlarni zerikarli, foydasiz, uyin-kulgu sifatida qabul qilmaydilar.

Farzandingizning kun tartibini (uxlash, ovqatlanish) to`g`ri rejalashtirishga harakat qiling. Farzandingizga tez-tez quvonch, qoniqish olish, kundalik zavqlanish (mazali taom, vanna qabul qilish, telefonda do`stlari bilan suhbatlashish va hokazo) imkoniyatini bering. 

Shuni  unutmangki, farzandingizdagi har qanday salbiy his va emosiyalarni o`z vaqtida oldini olishga harakat qilishingiz lozim. Chunonchi, farzandlarimizdagi salbiy emosiyalar ularni kelajaklariga o`z ta`sirini ko`rsatadi. Shu bois, hozirgi kunda  farzandlarimiz tarbiyasida yuqoridagi qoidalarga amal qilish maqsadga muvofiq. 

 

Gulsanam Ibragimova 

Nizomiy nomidagi TDPU 

Pedagogika va psixologiya fakulteti dekani 

    Boshqa yangiliklar