Rossiyada mehnat qilayotgan fuqaro vafot etsa, uning jasadini O`zbekistonga olib ketish imkoniyati bormi? Agar u koronavirusdan vafot etgan bo`lsa-chi?
Ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Tashqi mehnat mirgasiyasi agentligi axborot xizmati rahbari Ortiqxo`ja Norov quyidagicha javob berdi:
➖ Vazirlar Mahkamasining «Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi 713-sonli qarorida mehnat migrasiyasida bo`lgan davrda vafot etgan fuqarolarning jasadlarini va xorijda mehnat faoliyati vaqtida og`ir tan jarohati olgan fuqarolarni bepul asosda O`zbekiston Respublikasiga olib kelish belgilab qo`yilgan.
Xorijda vafot etgan mehnat migranti jasadini O`zbekistonga olib kelish masalasida marhumning yaqinlari Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga yoki uning xorijiy mamlakatlaridagi vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin.
Agar fuqaro koronavirusdan vaft etgan bo`lsa, tegishli tashkilotlar bilan kelishgan holda uning ham jasadini O`zbekistonga olib kelish choralari ko`riladi.






