Joriy yilning 26 iyul kuni ijtimoiy tarmoqda “Xorazmda polny bespredel... GAI xodimi tomonidan adolatsizlik va nohaqlik” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqalgan edi.
IIV YHXBB Axborot xizmati ushbu video dajoriy yilning 13 iyul kuni olingan bo`lib, Urganch shahrida vaqtincha tashkil etilgan karantin postida xizmat olib borayotgan Xorazm IIB YHXB YPX inspektori S.Sapaev hamda “Spark” rusumli transport vositasi haydovchisi o`rtasidagi muloqot jarayoni aks etganligini aytmoqda.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlandi. Tekshiruv xulosasi bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi.






