AsosiyJamiyat

Bugun 591 bemor koronavirusni engdi. Shu jumladan 381 nafar toshkentliklar ham

'Bugun 591 bemor koronavirusni engdi. Shu jumladan 381 nafar toshkentliklar ham'ning rasmi

 Bugun mamlakatimiz hududlarida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 591 nafari sog`aydi. Bu haqda SSV ma`lum qildi.

Jumladan, 381 nafari Toshkent shahridagi 17 ta shifoxonada davolanayotgan bemorlardir, 82 nafari Toshkent viloyatida, 41 nafari Andijonda, 23 nafari Sirdaryoda, 20 nafari Namanganda, 17 nafari Buxoroda va yana 17 nafari Navoiyda, 10 nafari esa Qoraqalpog`iston Respublikasida kasallikdan forig` bo`ldi.

Eslatib o`tamiz, sog`ayganlar ko`rsatkichi bo`yicha so`nggi rekord natija kecha, 27 iyul kuni qayd etilgan bo`lib, o`shanda mamlakatimizning turli hududlarida 569 nafar bemor tuzalgandi.

Shunday qilib, yurtimizda 12 265 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (56 foiz) sog`aygan.

    Boshqa yangiliklar