Toshkentdagi «O`zekspomarkaz» ko`rgazmalar saroyida tashkil etilgan koronavirusga chalingani gumon qilingan bemorlarga birinchi yordam ko`rsatish va ularni klinikalarga taqsimlash markazi haqida avval xabar bergan edik.
Bugungi kunda ushbu markazga Toshkent shahridan har kuni 200 dan oshiq bemorlar olib kelinmoqda. Turli tor soha shifokorlari, volontyorlar ularga dastlabki tezkor tibbiy yordamni ko`rsatishyapti. Video:
Hozirda bu markazda kislorod apparatiga ulangan, shoshilinch reanimasion yordam ko`rsatilayotgan bemorlar ham bor. Ular imkon qadar shahardagi virusologiya va boshqa Covid bilan og`riganlar shifoxonalariga joylashtirilmoqda.






