AsosiyJamiyat

Bosh aylanib hushdan ketish holatlari ham koronavirusning belgilarimi?

'Bosh aylanib hushdan ketish holatlari ham koronavirusning belgilarimi?'ning rasmi

AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing bo`lib o`tdi. Unda pandemiya bilan bog`liq vaziyat bo`yicha savollarga javob qaytarildi.

Xususan, koronavirus bilan kasallanganda bosh aylanib hushdan ketish holatlari ham kuzatiladimi, degan savolga aniqlik kiritildi.

—  Bosh aylanib, hushdan ketish holatlari koronavirus kasalligiga xos emas. Lekin koronavirus kasalligining mavjud bo`lishi mumkin bo`lgan asoratlari bu holatga sabab bo`lishi mumkin. Bosh aylanish va hushdan ketish asosan qon bosimi tushib ketishi, kamqonlik yoki yurak ritmining buzilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatlarda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim,

 - deya tushuntirdi mutaxassis.

    Boshqa yangiliklar