AsosiyJamiyat

Koronavirus: O`zbekistonda o`ta og`ir ahvoldagi bemorlar soni keskin oshdi

'Koronavirus: O`zbekistonda o`ta og`ir ahvoldagi bemorlar soni keskin oshdi'ning rasmi

SSV Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi 2020 yil 29 iyul soat 10:00dagi holatga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus bilan kasallanish bo`yicha rasmiy statistikani e`lon qildi. 

Unga ko`ra, ayni paytda qadar koronavirusdan zararlanganlar soni 22 169 nafarni tashkil etmoqda. Shundan  12 265 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 777 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 209 nafari og`ir, 88 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar