AsosiyJamiyat

Toshkentda 21 yoshli ayol 3 oylik chaqalog`ini 5 ming AQSh dollariga sotayotganida qo`lga olindi

'Toshkentda 21 yoshli ayol 3 oylik chaqalog`ini 5 ming AQSh dollariga sotayotganida qo`lga olindi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBBga murojaat qilgan ayol, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 21 yoshli Natalya F. o`zining 3 oylik bolasini 5 ming AQSh dollariga sotayotganini ma`lum qildi, deya xabar qildi poytaxt IIBB.

Toshkent shahar IIBB tezkor xodimlari prokuratura xodimlari bilan birgalikda tezkor tadbirlar ishlab chiqib, ularni amalga oshirdilar. Natijada, Natalya F. u bilan birga yashovchi 24 yoshli Aleksandr Z. chaqaloq evaziga pul olayotganlarida qo`lga olindilar.

To`plangan materiallar qonuniy choralar ko`rilishi uchun Yunusobod tumani prokuraturasiga topshirildi, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar