AsosiyJamiyat

Surxondaryoda yoqilg`i sisternasi portlab ketdi. Bir kishi halok bo`ldi, yana bir odam kasalxonada

'Surxondaryoda yoqilg`i sisternasi portlab ketdi. Bir kishi halok bo`ldi, yana bir odam kasalxonada'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Angor tumanida kecha, 28 iyul kuni soat 22:00lar atrofida mahalliy korxonalardan biriga tegishli ombor hududida yoqilg`i sisternasi portlab ketdi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Aniqlanishicha, 1981 yilda tug`ilgan payvandchi K.A. dizel yoqilg`isi solingan 10 tonnalik sisternani payvandlashga uringan. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilmaslik sisternaning portlashiga sabab bo`lgan.

Hodisa oqibatida fuqaro K.A. voqea joyida vafot etgan. Uning yonidagi P.K. esa kuyish jarohatlari bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Portlash natijasida atrofga yoyilgan olov sisterna yaqiniga qo`yilgan «Isuzu» yuk mashinasi ham butunlay yonib ketgan.

Hodisa joyiga Surxonadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2 ta yong`in-qutqarish ekipaji etib borib, alangani bartaraf etdi, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar