Yunusobod tuman "Oloy" bozori avtoturargoh hududida aholidan COVID-19 ga test olish va inson salomatligi hamda Immunitetini tekshirish bo`yicha tibbiyot punktlari tashkil qilinmoqda. Bu haqda tuman Matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur hududda aholidan COVID-19 ga test olish va uning natijalarini 24 soat mobaynida internet orqali olish imkoniyati mavjud buladi.
Bunday markazlar Yunusobod tumanining boshqa hududlarida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.