Sirdaryo viloyati IIB YHXB Axborot xizmati ma`lum qilishicha, karantin cheklovlari vaqtida Guliston shahriga kiruvchi transport vositalari oqimi ko`payib ketishi natijasida Xalqaro ahamiyatdagi M-34 yo`lining 117 kmda joylashgan Guliston shahriga olib kiruvchi va chiquvchi yo`l o`tkazgich ko`prikka olib chiqish qismida transport vositalarini tirbandligi kuzatilmoqda.
Shu sababli viloyat Maxsus komissiyasining qaroriga asosan 2020 yil 29 iyul kuni soat 17:00dan boshlab Toshkent-Guliston M-34 yo`lining Guliston shahriga kirish, ya`ni yo`l o`tkazgich ko`prik oldidan transport vositalari uchun to`liq yopiladi.
Guliston shahriga transport vositasi orqali kirib kelish faqatgina Mirzaobod tumani Farg`ona yo`li ko`chasi (mol bozor) 4R-18A va 4R28A avtomobil yo`llari orqali amalga oshiriladi.






