AsosiyJamiyat

Svetlana Ortiqova: Qorqalpog`istonlik ayrim hamkasblarim kechaning o`zida mahalliy jurnalistlardan uzr so`rashgan....

'Svetlana Ortiqova: Qorqalpog`istonlik ayrim hamkasblarim kechaning o`zida mahalliy jurnalistlardan uzr so`rashgan....'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining raisi Musa Erniyazovning o`limi haqidagi feyk xabardan keyin Qoraqalpog`istonda faoliyati yuritadigan ayrim jurnalistlar prokuraturaga olib ketilgandi.

 Qoraqalpog`iston prokuraturasi ushbu holatga izoh bildirdi

AOKA direktori birinchi o`rinbosari Dilshod Saidjonov esa prokuratura ustidan yuqori organlarga murojaat yuborgan edi.

Bosh prokuratura axborot xizmatining xabariga ko`ra, Svetlana Boymirzaevna bu haqda «Xabar.uz» muxbiri bilan suhbatda ma`lum qilgan.

Jurnalistning  qoraqalpog`istonlik davlat arbobiga oid noto`g`ri axborot e`lon qinishi ortidan ayrim mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari qoq yarim tunda prokuratura organlariga chaqirtirilib, tushuntirishlar xati yozdirilishi barobarida ish qurollari olib qo`yilganiga oid savoliga Bosh prokuraturaning ko`p g`alvalarga balogardon mutasaddisi quyidagicha javob berdi:

— Kecha shu masalada Qoraqalpog`iston prokurori bilan gaplashdim. Vaziyatni muhokama qilish jarayonida holat yuzasidan surishtiruv o`tkazgan xodimlarning xatti-harakatini oqlab bo`lmasligi aytib, ularga qattiq tanbeh berdim. Qorqalpog`istonlik ayrim hamkasblarim kechaning o`zida mahalliy jurnalistlardan uzr so`rashgan.... Ayni paytda o`sha xodimlarining xatti-harkaratlari o`rganilmoqda, natijasiga qarab tegishli chora ko`riladi. Nachora, guruch kurmaksiz bo`lmas ekan-da...  Biroq bu — endi noto`g`ri axborot tarqatilganlik holati «yopilib» ketar ekan-da, degan ma`no anglatmaydi. Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Natijasiga qarab, qonuniylik ta`minlanadi baribir.

 

    Boshqa yangiliklar