AsosiyJamiyat

Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirusga chalindi

'Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirusga chalindi'ning rasmi

Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirusga chalindi. Bu haqda Kun.uz nashri yozmoqda.

"Haqiqatda labarotoriya tekshiruvi natijasi manda Covid-19 borligi aniqlandi. Albatta, 4 oydan ko`p vaqt davomida koronavirusga chalinganlar bilan bilib bilmay, muloqotda bo`lish natijasida ushbu kasallikni yuqtirib oldim. Jiddiy klinik belgilar kuzatilmasada, laboratoriya natijasiga asoslanib, shifoxonaga yotdim. Hozir davolash muolajalarini olayapman.

Hademay, Xudo xohlasa sog`ayib, yana safga qaytaman va barcha imkoniyatlarimni ishga solib koronavirus kasalligi bo`yicha olib boriladigan tadbirlarda ishtirok etaman. 
Kasallikni engib, o`tib o`z sevgan kasbimiz bilan shug`ullanib, xalqimizga foydamiz tegsa, bu bizning eng katta yutug`imiz!" – deydi Nurmat Otabekov.

    Boshqa yangiliklar