AsosiyJamiyat

Asadjon Xo`jaev AOKAga direktor etib tayinlandi

'Asadjon Xo`jaev AOKAga direktor etib tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Prezident Administirasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktorini tayinlash to`g`risidagi qarorga imzo chekdi. Unga ko`ra, Asadjon Xo`jaev agentlik direktori lavozimini egalladi.  

2018 yilning to`rtinchi choragidan 2020 yilning yanvarigacha ushbu lavozimda Komiljon Allamjonov faoliyat yuritgan edi. Keyinroq, direktorning birinchi o`rinbosari Dilshod Saidjonov vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi bo`lib faoliyat olib bordi. 

Ma`lumot uchun, Asadjon Xo`jaev Toshkent elektrotexnika aloqa institutini tugatgan. 2001 yilda esa O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi davlat qurilish akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi bo`yicha Asadjon Xo`jaev elektr aloqasi bo`yicha muhandis, iqtisodiyot magistranti.

Xo`jaev 1995-2001 yillarda Aloqa vazirligida, Pochta va telekommunikasiya agentligining markaziy apparatida ishlagan. “O`zbekiston pochtasi” davlat aksionerlik kompaniyasi rahbarining birinchi o`rinbosari, “Uzinfokom” Kompyuter va informasion texnologiyalarni rivojlantirish markazi direktorining birinchi o`rinbosari lavozimlarini egallagan.

2011 yildan 2012 yilgacha Intellektual mulk agentligini boshqargan. 2012 yildan 2017 yilgacha esa Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida direktorlik qilgan.

Asadjon Xo`jaev bungacha O`zbekiston Respulikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi yodgorlik majmuasi rahbarining birinchi o`rinbosari lavozimida ham ishlagan. 

 2017 yilning mart oyidan avgust oyigacha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati rahbari lavozimida ishlagan.

    Boshqa yangiliklar