1

52 nafar IIB xodimi jinoyatga qo`l urgan

Jamiyat 07.08.2020, 20:00
52 nafar IIB xodimi jinoyatga qo`l urgan

Avval xabar berilganidek, bugun, 7 avgust kuni Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi.

Unda kun tartibi doirasida Ichki ishlar vazirining O`zbekiston Respublikasi hududida 2020 yil 6 oyi yakuni bo`yicha jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish holati to`g`risidagi axboroti eshitildi.

Unda ma`lum qilinishicha, joriy yilning 6 oyida respublika miqyosida 21 535 ta jinoyatlar qayd etilgan bo`lib, 100 ming aholiga nisbatan o`rtacha 63,3 tadan to`g`ri kelgan.

Oilalardagi notinchlik, nizolarning o`z vaqtida hal etilmasligi mahalla faollari va keng jamoatchilikning e`tiboridan chetda qolganligi oqibatida o`ta og`ir jinoyatlar sodir etilmoqda.

Jumladan, 2020 yilning 6 oyi davomida qayd etilgan qotillik jinoyatlarning har uchinchisi (71 tasi, 35%), og`ir tan jarohati etkazish jinoyatlarining 76 tasi (20,5%) oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilgan.

Shu bilan birga, oilaviy nizolarga o`z vaqtida barham berilmaganligi oqibatida 5 940 ta oila-turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarliklar sodir etilib, ularning aksariyati ya`ni 52,6 foizi (3 123 tasi) Toshkent, Buxoro, Navoiy  va Farg`ona viloyatlari hissasiga to`g`ri keladi.

Xususan, oila-turmush doirasida tazyiqqa uchragan xotin-qizlarning 2 776 nafariga “himoya orderi” berilgan.

Yoshlar bilan ishlashda hanuz ko`plab muammolar saqlanib qolayotganligi, ularni bartaraf etishga etarli darajada e`tibor qaratilmaganligi oqibatida joriy yilning 6 oyida respublikada qayd etilgan har to`rtinchi jinoyat (4 988 ta yoki 23,2%) yoshlar tomonidan sodir etilgan bo`lsa, shundan 1315 tasi yoki 6 foizi ish bilan band bo`lmagan yoshlar tomonidan sodir tilgan.

Bundan tashqari, 3 mingdan ortiq (3 198 nafar) ishsizlar tomonidan jinoyatlar sodir etilganligi joylarda aholini ish bilan ta`minlash masalalari samarali hal etilmayotganini ko`rsatadi.

Bundan tashqari, senatorlar tomonidan bevosita joylarga chiqib o`tkazilgan o`rganishlarida tizimda muammo va kamchiliklar uchrayotgani aniqlandi. Xususan, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarida profilaktika inspektorining har oylik hisobotini eshitish nomigagina o`tkazilib, ayrim hollarda esa, umuman o`tkazilmasdan qolgan.  

Aksariyat holatlarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida ham tegishli tuman va shahar ichki ishlar bo`limlari hisobotlarini eshitish jarayonida mazkur tuzilmalar rahbar xodimlarining ishtiroki to`liq ta`minlanmagan.

Shu bilan birga, ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlarga qaramasdan xodimlarining 3027 nafari xizmat intizomini buzish holatiga yo`l qo`ygan bo`lsa, 52 nafar xodim esa jinoyatga qo`l urgan.

Masalan, joriy yilda Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida xodimlar tomonidan sodir etilgan qonunbuzilish holatlari aholi orasida keng muhokamalarga sabab bo`lib, ichki ishlar organlariga nisbatan salbiy fikrning shakllanishiga sabab bo`ladi.

Senatorlar tomonidan notinch oilalardagi muammolarni aniqlash va bartaraf etish hamda ularni ijtimoiy-ma`naviy tomondan qo`llab-quvvatlash borasida idoralararo ishchi guruh tuzish, qolaversa, oilaviy ajrimlarga sabab bo`layotgan ota-onalarning mas`uliyatini belgilash bo`yicha amaldagi qonunchilikka o`zgartish kiritish bo`yicha taklif ishlab chiqish kerakligi qayd etildi.

Mavzuga doir:

O`tgan 6 oyda O`zbekistonda 730 nafar odam YTH qurboni bo`ldi — Ichki ishlar vaziri

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1