1

Andijonda byudjet mablag`larini talon-toroj qilgan mansabdorlar haqidagi xabar yuzasidan Vazirlik rasmiy bayonot bilan chiqdi

Jamiyat 10.08.2020, 13:09
Andijonda byudjet mablag`larini talon-toroj qilgan mansabdorlar haqidagi xabar yuzasidan Vazirlik rasmiy bayonot bilan chiqdi

Sal avval, Bosh prokuratura ma`lumotlari asosida Andijon viloyat uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish boshqarmasi mansabdor shaxslari tomonidan juda katta miqdorda byudjet mablag`lari talon-toroj qilingani haqida xabar bergan edik.

Ayni paytda O`zbekiston Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi mazkur xabarga javoban Rasmiy bayonot berdi.

"Mazkur xabarda Andijon viloyat uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish boshqarmasi mansabdor shaxslari tomonidan haqiqatda ishlamagan xodimlarga oylik maoshi to`lash hamda asossiz mukofot pullari va qo`shimcha ustamalar to`lab berilishi natijasida 239,1 million so`m byudjet mablag`lari talon-taroj qilingani ma`lum qilingan edi.

Xabarda byudjet mablag`larini talon-toroj qilgan mansabdor shaxslar aniq ko`rsatilmaganligi bois, ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlarda Andijon viloyati UJKXK boshqarmasining xodimlariga nisbatan salbiy fikrlarning paydo bo`lishiga sabab bo`ladi.

Ta`kidlab o`tish joyizki, xodimlarga oyilik maosh to`lash va boshqa to`lovlarni amalga oshirishda sodir etilgan huquqbuzarlik, jumladan boshqarma bosh buxgalteri, g`aznachisi va kadrlar bo`limi bosh mutaxassisining g`ayriqonuniy qilmishi Andijon viloyati UJKXK boshqarmasi boshlig`i tomonidan aniqlanib, qonuniy chora ko`rish uchun joriy yilning iyun oyida Andijon viloyati prokuraturasiga tegishli ma`lumotlar taqdim etildi.

Taqdim etilgan ma`lumotlarga asosan Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar o`tkazilgan.

Bugungi kunda, mazkur holat yuzasidan boshqarma bosh buxgalteri, g`aznachisi va kadrlar bo`limi bosh mutaxassisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari yakunlanganidan so`ng ular qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Shu bilan birga ta`kidlab o`tish lozimki, Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi o`z tizimida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiyaning har qanday ko`rinishlariga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish borasida chora-tadbirlar amalga oshirmoqda. Bunda, asosiy e`tibor huquqbuzarliklarning oqibatlari bilan kurashishga emas, balki barvaqt oldini olish, sodir etishga imkon bergan sabab va shart-sharoitlarni o`z vaqtida bartaraf etishga qaratilmoqda.

Holat yuzasidan tergov xarakatlari yakunlangach qo`shimcha axborot beriladi", 

- deyiladi Vazirlik Axborot xizmati xabarida. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1