AsosiyJamiyat

Diniy qo`mita diniy ibodatlarga ruxsat berilishi yuzasidan qo`shimcha izoh bilan chiqdi

'Diniy qo`mita diniy ibodatlarga ruxsat berilishi yuzasidan qo`shimcha izoh bilan chiqdi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan shu yil 17 avgust, dushanba kunidan e`tiboran yurtimizdagi barcha diniy tashkilotlar o`z faoliyatini davom ettiradi.

Din ishlar qo`mitasi O`zbekistonda diniy tashkilotlar o`z faoliyatini boshlashi borasidagi yangi tartiblar yuzasidan qo`shimcha izoh berdi.  

Shu o`rinda, “Barcha diniy tashkilotlar” deganda yurtimizdagi barcha din vakillariga tegishli ibodat maskanlari nazarda tutilganini eslatib o`tish lozim. Bunga masjidlar, cherkovlar, sinagogalar va boshqalar kiradi.

Ayni damda ijtimoiy tarmoqlarda ko`tarilayotgan ayrim savollar va mulohazalarga oydinlik kiitish maqsadida quyidagilarni ma`lum qilamiz.

Birinchidan, masjidlarda kunlik besh mahal namoz, cherkov, sinagoga va boshqa ibodat maskanlarida har kunlik ibodatlar to`liq bajariladi.

Ikkinchidan, masjidlarda juma namozi, cherkov va sinagogalarda bajariladigan shanba va yakshanba kunidagi ommaviy ibodat marosimlari Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq vaqtincha to`xtatib turiladi, deyiladi Qo`mita Matbuot xizmati xabarida. 

Mavzuga doir:

Juma, shanba va yakshanba kunlari masjidlar ishlamaydi, 65 yoshdan oshganlarga kelmaslik tavsiya etiladi

 

    Boshqa yangiliklar